30 dek 15:25
Yangiliklar
Guskovning jamoadoshi oyog'i yo'q raqibga qarshi jang o'tkazadi
Oqshom doirasida hamyurtimiz Bogdan Guskovning "GOR MMA"dagi jamoadoshi Valter Uoker ham chiqish qiladi. Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi greppling bo'yicha bahsda amerikalik oyog'i yo'q jangchi Zayon Klarkka qarshi jang o'tkazadi. Bu xabarni musobaqa tashkilotchilari rasman tasdiqlashdi.
Kamdan-kam uchraydigan tug'ma nuqsoni tufayli oyoqsiz tug'ilgan 28 yoshli Zayon Klark turli sport turlaridagi chiqishlari bilan mashhurlikka erishdi. Ogayo shtatida tug'ilgan sportchi bir nechta Ginnes rekordlariga ega, eumladan, 20 metrga qo'lda yugurish bo'yicha. Universitet kurash jamoasi azosi 2022 yilda MMAda muvaffaqiyatli debyut qilgan.
"GOR MMA" klubining 28 yoshli vakili Valter Uoker esa UFC’da to'rtta g'alabali seriyaga ega bo'lib, barcha raqiblarini birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratgan. Ayni paytda tashkilotning og'ir vazn toifasi reytingida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar