So’nggi yangiliklar

17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0

09 iyu 20:20
Yangiliklar

Boshqalar

Haftaning har chorshanbasi O'zDJTSUda “Investiciya kuni” deb elon qilindi

Prezident topshiriqlari ijrosi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida investiciya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlarni bajarish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2019 yil 19 iyundagi maxsus buyrug'iga asosan haftaning har chorshanba kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Investiciya kuni” deb elon qilindi.

SHu munosabat bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va chet el kompaniyalari rahbarlari hamda xodimlarini o'z faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yangi investiciya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy davlat fuqarolarini universitetda o'qitish tartibi va shu kabi boshqa masalalar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari uchun tadbirda ishtirok etishga taklif etiladi.

SHuningdek, tadbir doirasida oliy talim muassasasi bilan sport turlari bo'yicha respublika federaciya (associaciya)lar o'rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy va innovacion faoliyatni amaliyot bilan integraciyalash, universitetning ilmiy potencialidan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama etib boriladi.

Hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish masalalarga alohida etibor qaratilayotgan bir paytda Universitet rahbariyati va jamoasi mavjud imkoniyat va vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda xususiy sektorni yanada rivojlantirish, aholiga ko'rsatiladigan sport-sog'lomlashtirish xizmatlari sifatini yaxshilashga hissa qo'shishni maqsad qilgan.

Ilmiy-innovacion faoliyat hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mahalliy va xorijiy investorlarni hamkorlik shartlari bilan yaqindan tanishtirish, investiciya loyihalarini amalga oshirish borasida ishlarni muvofiqlashtirish, investiciyalarni jalb qilishni faollashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida haftaning har chorshanba kuni “Investiciya kuni”  deb elon qilindi,” – deydi Universitetning Ilmiy ishlar va innovaciyalar bo'yicha prorektori Rashid Matkarimov.

R.Matkarimovning so'zlariga ko'ra, haftaning har chorshanba kuni fan, talim, ilmiy-innovacion faoliyat hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan investorlar bilan shaxsan uchrashuv o'tkazilib, sohaga yo'naltirilayotgan kapital qo'yilmalarning afzalliklari haqida batafsil malumotlar beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing