So’nggi yangiliklar

22:36Пара Осиё ўйинларида тарих яратган паралимпиячиларни кутиб олиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0

31 avg 16:29
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Bo'lajak pedagoglar futbolda ham etirofda

Mamlakatimizda sportga bo'lgan etibor keyingi yillarda yanada ortmoqda.

Xususan, futbol sport turini yanada rivojlantirish borasidagi amaliy harakatlar o'z natijasini bermoqda. Buni futbolchilarimiz erishayotgan g'alabalarda ham ko'rishimiz mumkin.

Ortda qolgan besh yilda Prezidentimizning futbolni rivojlantirishga doir ikkita qarori qabul qilindi. Birinchisi, 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”, ikkinchisi, 2023 yil 7 apredlagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlardir. 

Har ikki qarorda ham mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda o'rnatilgan standartlarga moslashtirish kabi maqsadlar ko'zda tutilgan.

Bu vazifalar hayotga tatbiq etilishi samarasida futbolimizning bugungi qiyofasi, tabir joiz bo'lsa, mohiyati tubdan o'zgarib bormoqda. Buning birgina misolini CHirchiq davlat pedagogika universiteti misolida ham ko'rishimiz mumkin. Universitetimizda bugun talabalarimizning kasbiy yo'nalishlari bo'yicha emin-erkin tahsil olishi, sport turlari bo'yicha to'garaklarda muntazam ishtiroki uchun moddiy-texnik bazamizda muammolar yo'q.  

Universitetda sportga oshno yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, futbol to'garaklaridagi ishtirokchilar orasida iqtidorlilar talaygina. Bizda talabalarimizdan iborat "Pedagog" nomli futbol jamoasini tashkil etganmiz. Albatta, jamoamiz o'yin  tajribasini oshirishda turli musobaqalarda o'zaro bellashish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bois, biz turli oliy talim muassasalari bilan o'zaro musobaqalarni yo'lga qo'yganmiz.

Xabaringiz bor, 2024 yildan mamlakatimiz OTMlari o'rtasida talabalar ligasi tashkil etilgan. Mazkur talabalar ligasida ham "Pedagog"  jamoamiz viloyat bosqichida faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Toshkent shahrida O'zbekiston futbol associaciyasi kubogi uchun oliy talim muassasalari o'rtasida mini-futbol bo'yicha o'tkazilgan respublika musobaqasida 42 ta jamoa orasida ikkinchi o'rinni egallab, kumush medallarni qo'lga kiritdik. 

"Universiada-2025"ning futbol bo'yicha viloyat bosqichida ham ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ldik. Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi tomonidan oliy talim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan futbol musboqasida birinchi o'rin nasib etdi. Yoki talabalar o'rtasidagi "Student Cap-2025" musobaqasida ham "Pedagog" jamoasi kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. Xullaski, bu kabi yutuqlarimizni yana bir qator davom ettirishimiz mumkin. 

Bir so'z bilan aytganda, bugun universitetmizda nafaqat jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida, balki barcha yo'nalishlarda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda, tashabbuslar ilgari surilmoqda. Va bu say-harakatlar o'z samarasini berishiga ishonamiz.

Bekmurod ANORBOEV, CHirchiq davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing