So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

23 mar 14:01
Yangiliklar

Dzyudo

Armonga aylangan Olimpiada yoxud hamon chempionlikka erishayotgan murabbiy

Qaerdaki, rahbar fidoyi, murabbiy jonkuyar va talabchan bo'lsa, o'sha joyda natija ham, o'sish ham tezda ko'zga tashlanadi.

Suhrob Sultonov rahbarlik qilayotgan CHirchiq shahar sport maktabi sportchilarining natijadorligi bois, hatto respublikada etakchi sport maktablari qatorida etirof etiladi. 

Murabbiylarining tinimsiz izlanishlari, selekciya ishlariga etiborli bo'lishi evaziga sport maktabining deyarli barcha sport turlari bo'yicha tarbiyalanayotgan o'g'il-qizlari har yili tashkil etiladigan yil sarhisobida etirofga sazavor bo'lishadi.   

Albatta, sport maktabining etirof etilishiga  yosh dzyudochilarning ham hissasi katta. Misol tariqasida tajribali dzyudo murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi Avazbek Korganov shogirdlarining erishayotgan yutuqlarini bemalol tahsinga loyiq, deyish mumkin. 

Xabaringiz bor, Avazbek Korganov sport maktabida tashqari dzyudo bo'yicha Toshkent viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi ham sanaladi. 

SHu o'rinda takidlash joiz, terma jamoa bosh murabbiyi Andrey SHturbabin qo'l ostida shov-shuvli natijlarga erishgan Avazbek eng nomdor dzyudochilar Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov, Ramziddin Saidov, O'tkir Qurbonov, Xurshid Nabiev, Navro'z Jo'raqobilov va Mirali SHaripovlar bilan birgalikda ko'p bor Yurt shanini munosib himoya qilgan.

19 yoshida mamlakat terma jamoasi safiga qabul qilingan Avazbek 2008 yilda Tokioda o'tgan jahon chempionatida jamoaviy bahslarda kumush medalga erishdi. Terma jamoa tarkibida unga 2009 yil Turkiya, 2011 yil Eron, 2012 yilda Toshkentda o'tgan xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olish nasib etdi. 

Hatto, etarlicha ochkolar to'plab, Londonda o'tgan yozgi olimpiya o'yinlariga yo'llanmani ham naqd qilgan. Biroq, musobaqada olgan jiddiy jarohati tufayli London-2012 Olimpiadasida ishtirok etish armonga aylangan bo'lsa-da, o'zi sevgan sportni tashlab ketmadi. Aksincha, murabbiy sifatida qayta oyoqqa turib, bor etiborini munosib shogirdalar tayyorlashga qaratdi.

2021 yildan CHirchiq shahar sport maktabining dzyudo bo'limida murabbiy bo'lib faoliyat yuritayotgan ustozning hozirda 50 nafardan ortiq shogirdlari orasida iqtidorlilari ko'pchilikni tashkil etadi.

Ortda qolgan 2025 yilda Avazbek bosh murabbiyligidagi Toshkent viloyati dzyudo jamoasi faxrli o'rinlarni egallagani bor gap. 

Xususan, 2025 yil noyabr oyida Buxoro shahri mezbonlik qilgan mamlakat chempionatida Bobur Vajiev, Asilxon Aralbaeva, Artyom SHturbabin, Muhammad Mamadaliev, Muhammadali Tangriev, Muhammadqodir Mansurovlar o'z vazn toifalarida muvaffaqiyat qozonib, kuchli uchlikdan joy olishga erishgan.

2025 yil 24 noyabr - 3 dekabr kunlari poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida o'tkazilgan "Prezident olimpiadasi" musobaqalarining dzyudo bo'yicha bahslarida ishtirok etgan Toshkent viloyati jamoasi eng ko'p medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. Yoki o'tgan yili dekabr oyida Qarshi shahrida o'tgan kichik o'smirlar, o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida ham bir nechta medallar jamg'arishgan.

Avazbek Korganovning takidlashicha, bu yilgi rejalar ulkan. Selekciya ishlariga etibor qaratib, viloyat terma jamoasi safini kengaytirish va shogirdlarini respublika terma jamoalari tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash asosiy vazifalaridan sanaladi va buning uchun  etarlicha sharoitlar muhayo qilingan.

Darvoqe, murabbiy Avazbek Korganovning o'zi ham hali hamon dzyudo bilan muntazam shug'ullanadi, faxriylar terma jamoasi azosi sifatida xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallab kelmoqda. 

Xususan, Avazbek Korganov tomonidan Abu-Dabi shahrida faxriylar o'rtasida dzyudo bo'yicha tashkil etilgan jahon chempionatida 81 kg vaznda bronza, Latviyaning Riga shahridagi Evropa ochiq chempionatda oltin, Polshada o'tkazilgan Evropa Ochiq chempionatida bronza, AQSHning Las-Vegas shahri mezbonligida o'tgan jahon chempionatida kumush, Xitoy Taypeyida tashkil etilgan xalqaro turnirda oltin medal qo'lga kiritdi. 

2026 yil Bosniya va Gercegovinada o'tishi reja qilingan faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatida ham yuqori natijani ko'zlagan qaxramonimiz hozirdan shogirdlari ishtirokida mashg'ulotlarga zo'r bergan.

Maqsad — dzyudo orqali yoshlarni sportga jalb etish, istedodlarni katta sport sari etaklash va chempionlik shohsupasiga ko'tarilib, Yurtni ulug'lash!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing