08 okt 18:52
Yangiliklar
G'alabalar sari borayotgan yoshlar
Sport — millatning kuch-qudrati, yoshlarning irodasi va Vatanga bo'lgan mehrini namoyon etuvchi muhim maydonlardan biri. Bugun yurtimiz sportchilari dunyoning nufuzli musobaqalarida bayrog'imizni baland ko'tarib, O'zbekistonning sport salohiyatini namoyon etmoqda. Bunday ulkan g'alabalar zamirida esa iqtidor, mashaqqatli mehnat, mustahkam iroda va, albatta, ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati mujassam.
Mamlakatimizda sportga bo'lgan etibor va yaratilayotgan keng imkoniyatlar yosh avlodning jismonan baquvvat, manan etuk bo'lib voyaga etishida muhim omil bo'lmoqda. Ana shunday maskanlardan biri — CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.

Bu dargohda sport bilan bir qatorda yoshlarning manaviy-marifiy tarbiyasiga ham alohida etibor qaratiladi. Zero, haqiqiy chempion faqat jismonan kuchli emas, balki keng dunyoqarashli, vatanparvar, intizomli va manaviy barkamol bo'lishi lozim.

Raqamlarda aks etgan mehnat samarasi
Hozirgi kunda markazda sportning 25 turi bo'yicha 478 nafar o'quvchi-sportchi tahsil olmoqda. Ularning 129 nafari qizlar. Yosh sportchilarga 109 nafar malakali murabbiy-o'qituvchi talim va tarbiya berib, ularni katta musobaqalarga tayyorlamoqda. Markaz sportchilarining so'nggi yillardagi natijalari ham bu erda olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.
Xususan, 2025 yil davomida o'quvchi-sportchilar O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida 244 ta oltin, 166 ta kumush va 219 ta bronza, jami 629 ta medal qo'lga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionatlari hamda kubogi musobaqalarida esa 24 ta oltin, 21 ta kumush va 22 ta bronza, jami 67 ta medal jamg'arildi.

Natijalar dinamikasiga nazar tashlasak, o'sish yaqqol ko'zga tashlanadi. Markaz o'quvchilari O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida 2023 yilda 453 ta, 2024 yilda 518 ta, 2025 yilda esa 629 ta medal qo'lga kiritgan.
Jahon va Osiyo chempionatlaridagi ko'rsatkichlar ham salmoqli. 2023 yilda 33 ta, 2024 yilda 29 ta medal qo'lga kiritilgan bo'lsa, 2025 yilda bu ko'rsatkich 67 taga etdi.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida esa O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida 273 nafar, Osiyo va jahon chempionatlarida 42 nafar sportchi medallar jamg'arishga erishdi. Bu raqamlar ortida esa kunlik mashg'ulotlar, mashaqqatli o'quv-yig'inlari, murabbiylarning izlanishi va sportchilarning o'z ustida tinimsiz ishlashi turibdi.

Terma jamoalar uchun munosib o'rinbosarlar
Markaz sportchilarining milliy terma jamoalarga jalb etilishida ham yildan-yilga o'sish kuzatilmoqda. 2023 yilda milliy terma jamoalarga nomzod va azolik ko'rsatkichi 34 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2025 yilga kelib bu ko'rsatkich 51 foizdan oshdi.
Sport unvonlari va razryadlar bo'yicha ham ijobiy o'sish kuzatilmoqda. Bu esa markazda tarbiyalanayotgan yoshlarning nafaqat bugungi musobaqalar, balki milliy terma jamoalarning kelajakdagi tarkibi uchun ham munosib nomzod sifatida shakllanayotganidan dalolat beradi.

Har bir musobaqa oldidan kuchaytirilgan mashg'ulotlar, o'quv-yig'inlari tashkil etilib, sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga alohida etibor qaratiladi. Murabbiylar ularning xato va kamchiliklarini tahlil qilib, musobaqalarga puxta tayyorlashga harakat qiladi.

Sportchiga medaldan tashqari manaviyat ham kerak. Markazda sport natijalari bilan bir qatorda manaviy-marifiy ishlarga ham jiddiy etibor qaratilayotgani etiborga molik. Xususan, har payshanba kuni markazda "Yoshlar kuni" sifatida belgilangan. Bu kun sportchi-o'quvchilar uchun nafaqat dam olish yoki bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish, balki dunyoqarashini boyitish, mamlakat va jahonda ro'y berayotgan voqea-hodisalardan xabardor bo'lish imkoniyatiga aylangan.

"Yoshlar kuni" doirasida yurtimiz va jahonda sport hamda siyosat sohalarida ro'y berayotgan muhim yangiliklar sportchi-yoshlarga o'qib eshittiriladi. Turli manaviy-marifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va tarbiyaviy mashg'ulotlar tashkil etilib, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga etibor qaratiladi. Zero, xalqaro maydonda Vatan sharafini himoya qiladigan sportchi dunyodagi voqealardan bexabar bo'lmasligi, o'z yurtining tarixi, buguni va kelajagini chuqur anglashi muhim.
SHu manoda, markazda jismoniy tarbiya bilan manaviy tarbiyaning uyg'un olib borilayotgani kelajak chempionlarini tarbiyalashning muhim shartlaridan biri bo'lmoqda.

CHempionlar tarbiyalanadigan zamonaviy dargoh
Sportchilarning sifatli mashg'ulot olib borishi uchun markazda munosib shart-sharoitlar yaratilgan. So'nggi besh yilda xalqaro talablarga javob beradigan dzyudo, kurash, yunon-rum kurashi, erkin kurash, ayollar kurashi, boks, og'ir atletika, kamondan o'q otish, taekvondo, karate, qilichbozlik, parapauerlifting zallari hamda suzish havzasi barpo etildi. Bu inshootlar bugun yosh sportchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni xalqaro maydonlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

— Yutuqlar ortida sportchining kuchli ishtiyoqi, iqtidori va murabbiylarning tajribasi hamda mehnati yotadi, — deydi CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Rovshan Gafurov. — Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportga katta etibor berilayotgani, terma jamoalarimizga munosib o'rinbosarlar tayyorlab berish majburiyati bizni o'z ishimizni qayta-qayta tahlil qilishga, o'quvchi-yoshlarning musobaqalarda muntazam ishtirokini taminlashga, ularning natijalarini yaxshilab borishga undaydi. Jumladan, o'tgan yili uch bosqichda tashkil etilgan "Prezident Olimpiadasi" musobaqalari yangi iqtidorlarni kashf etish, sportning ommaviyligini oshirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Mazkur Olimpiadada markaz sportchilaridan iborat jamoa umumiy hisobda 10 ta oltin, 5 ta kumush va 17 ta bronza medalini qo'lga kiritib, respublikadagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari orasida yuqori natijalardan birini qayd etdi. Yaponiyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham markazning 19 nafar bitiruvchisi Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

G'alabalar ortidagi ustozlar
Har bir chempionning ortida uning ustozi turadi. Sportda esa bu haqiqat yanada yaqqol namoyon bo'ladi. "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohiblari — yunon-rum kurashidan Vohid Temirov, boksdan Alimardon Dostanov, Farrux Qilichev, dzyudodan Server Murodasilov, para engil atletikadan Ibrohim Yusupov, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Abdurashit Musaev, "O'zbekiston iftixori" unvoni sohibi, boksdan Ikrom Berdiev, "SHuhrat" medali sohibi, eshkak eshishdan Rustam Mirzadiyorov, "SHuhrat" medali sohibi, taekvondodan Pahlavonjon Sobirov, II darajali "Sog'lom avlod uchun" ordeni sohiblari og'ir atletika bo'yicha Bahrom Abdumalikov, Jo'rabek Zoirov singari malakali murabbiylar o'z tajribasini yosh avlodga o'rgatib kelmoqda. Ularning mehnati faqat medallar bilan emas, balki Vatanga sadoqatli, irodali va maqsad sari intiladigan yoshlarni tarbiyalashda ham namoyon bo'lmoqda.

Sport maskanida hayot qizg'in
Etti yildan buyon shu dargohda faoliyat yuritib kelayotgan markaz direktori Rovshan Gafurovning talabchanligi, tashabbuskorligi va jismoniy tarbiya hamda sport sohasidagi boy tajribasi jamoa faoliyatida o'z samarasini bermoqda. Dargohning o'zi ham sportchilar uchun o'ziga xos ruhiy kuch bag'ishlaydi. Tevarak-atrofdagi yam-yashil maysazorlar, turfa xil gullar, ko'kka bo'y cho'zgan daraxtlar va musaffo havo maskanga alohida fayz bag'ishlaydi. Sokin esgan shabada esa mashg'ulotlar oralig'ida sportchilarga xotirjamlik va yaxshi kayfiyat ulashadi. Zero, chempionlik yo'li faqat sport zallaridan boshlanmaydi. U avvalo tarbiya, intizom, bilim, manaviyat va Vatanga muhabbatdan boshlanadi.

CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bu jihatlar bir butun maqsad — yurtimizga munosib, jismonan baquvvat, manan etuk va xalqaro maydonlarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qila oladigan yoshlarni tarbiyalash maqsadi atrofida uyg'unlashmoqda.
Bugungi medallar — kechagi mehnatning samarasi! Ertangi g'alabalar esa bugun yaratilayotgan sharoit, berilayotgan talim-tarbiya va yoshlarga bildirilayotgan ishonch mevasidir.




Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar