12 avg 18:16
Yangiliklar
CHirchiq sport maktabi bokschilari O'zbekston kubogida ikkita medal qo'lga kiritishdi
5 avgust kuni start olgan mamlakat kubogida yurtimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli bokschilar g'oliblik uchun ringga ko'tarilmoqda. Quvonarlisi, musobaqada munosib ishtirok etgan CHirchiq shahar sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, 66 kg vazn toifasida bahs olib borgan Uljan Turganbekova (murabbiyi — Mirsaid Abdumajitov) hamda 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Janeliya Alibekova (murabbiyi — Xudoybergan Agabekov) musobaqani uchinchi o'rinda yakunlab, bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Ushbu natija CHirchiq shahar sport maktabida boks sportini rivojlantirish, yosh sportchilarni xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samarasining yana bir yorqin ifodasidir.

Malumot o'rnida, O'zbekiston Kubogi musobaqalari bugun, 12 avgust kuni o'z yakuniga etadi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar