So’nggi yangiliklar

10:08"Челси" 9 та гол урилган Лига кубоги ўйинида 0:2 ҳисобидан камбэк қилди + ВИДЕО 0 09:37Оғир атлетикачиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди. Рўйхатда Акбар Жўраев борми? 0 09:06Dana White’s Contender Series 5-ҳафта натижалари: Дана Уайт янги Жон Жонсни топди 0 08:35Синдаров Алиреза Фирузджани мағлуб этди, жамоаси ҳамон пешқадам! 0 08:04ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Галатасарой" ғалабани қўлдан чиқарди, "Арсенал" уйга 3 очко билан қайтди, ПСЖ 6 та гол урди + ВИДЕО 0 07:33Боксчиларимиз Осиё ўйинлари олдидан Япониянинг ўзида йиғин ўтказишмоқда 0 07:02Бугун Одилхон Бухорода жанг қилади, рақиб Қозоғистондан! 0 19:14Нокаутга учраган Умар Нурмагомедов машғулотларга қайтди 0 18:45"Олтин тўп" ўз маъносини йўқотган" - Самюэль Умтит 0 18:22Александр Усик Тайсон Фьюрининг янги чақирувига жавоб берди 0 17:43Филип Хргович чемпионга айланган IBF ташкилоти рейтингида Баҳодир Жалолов яна юқорилади 0 17:12"Кел, трилогия ташкил қиламиз. Манавилардан чарчадим" - Тайсон Фьюрини жангга чорлади 0 16:50МЮ SumUp билан "кўп миллионлик" шартнома имзолади 0 16:19Хотамбек Бойназаров UFC юлдузини енгишини маълум қилди 0 15:48Дебютини ғалаба билан бошлаган Парнасс Холлоуэйни жангга чорлади 0

03 sen 13:29
Yangiliklar

Boshqalar

CHaqiriqqacha xarbiy tayyorgarlik bo'yicha munosib kadrlar tayyorlanmoqda

CHirchiq davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik yo'nalishi ochilib, bu borada mutaxassis-kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgandi.

Mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, ularning barcha yo'nalishlarda bilim va ko'nikmalarini oshirish, shuningdek, "O'zbekiston - 2030 strategiyasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish bo'yicha belgilangan keng ko'lamli vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabr, PQ-393-sonli “O'quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosinini taminlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab talimi vazirligining yoshlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning vertikal tizimini yaratish orqali o'quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga va chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik mutaxassislariga alohida etibor qaratilib kelinmoqda.

SHu bois, 2024-2025 o'quv yilida CHirchiq davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti tarkibida ham chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik yo'nalishi ochilib, bu borada mutaxassis-kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Ayni paytda ushbu yo'nalishda tahsil olayotgan talabalarimiz tajribali o'qituvchilar qo'l ostida mutaxassislik (harbiy tayyorgarlik) bo'yicha tahsil olishmoqda. O'quv-rejamizga ko'ra, talabalarimiz o'quv yili oxirida 15 kunlik dala o'quv-yig'inlariga jalb qilinib, harbiy tayyorgarlik bo'yicha imtihon topshiradi va Mudofaa vazirligiga bu haqda zarur hujjatlar taqdim etiladi. 

Talabalar 3-bosqich yakunida chaqiriqqacha harbiy talim o'qituvchisi mutaxassislik diplomi va Mudofaa vazirining buyrug'iga asosan, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi. Talabalarimizning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini ham yo'lga qo'yganmiz. Jumladan, Mudofaa vazirligi, Toshkent milliy pedagogika universiteti hamda CHirchiq shahridagi umumiy o'rta talim maktablarining CHXT o'qituvchilari bilan doimiy hamkorlikda ish olib boramiz. 

Bundan tashqari talabalarimizning umumjismoniy tayyorgarlik darajasiga alohida etibor qaratilgan. Turnikda tortilish, 100 metr, 3000 metrga yugurish, o'q otish tayyorgarligi, pnevmatik miltiqdan nishonga aniq otish bo'yicha mashqlarni bajarish talabalarga qo'yilgan asosiy shartlardan sanaladi. 

SHuningdek, universitetimizda tashkil etilgan turli sport to'garaklariga talabalarning ishtirok etayotgani, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lishiga turtki bo'lmoqda. 

Bir so'z bilan aytganda, bugun universitetimizda chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarimiz kun kelib mamlakatimiz ravnaqi yo'lida munosib kadrlar bo'lib etishishadi. Buning uchun sharoit ham, imkoniyatlar ham etarli.

Abdumo'min TURSUNOV, CHirchiq davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi, zaxiradagi podpolkovnik

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing