16 avg 12:47
Yangiliklar
Tennis, Osiyo o'yinlari
Hammasi joyida, Denis Istomin Palembangda!
Kuala-Lumpur aeroporti xodimlarining "princip"da turib olganligi sababli tennischimiz Denis Istominning Palembangga uchmagani haqida xabar bergandik.
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi hamda elchixonamiz xodimlarining say-harakati bilan dilni xira qiluvchi, biroz tushunarsiz holat bartaraf etildi. Istomin ikkinchi reys bilan Palembang shahriga etib keldi.
Hammasi joyida va mamlakatimizning birinchi raketkasi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Birozdan so'ng terma jamoamizning ilk mashg'ulotini boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar