So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

20 okt 08:17
Yangiliklar

Boshqalar

Hamyurtimiz “Marokash rallisi-2021”da kuchlilar safidan joy oldi + FOTO

Teglar :  Marokash rallisi
Bir hafta davomida Sahroi kabir qumliklarida “Marokash rallisi-2021” poygasi bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada Rossiyaning “Maria Oparina Team” jamoasi nomidan ishtirok etgan "O'zbekiston milliy avtomobil klubi" (O'zbekiston hududidagi FIAning rasmiy azosi) jamoat birlashmasi poygachisi Anvar Ergashev ralli-reydlar bo'yicha FIA Jahon kubogida T3 kategoriyasida 6-o'rinni egalladi.

“Marokash rallisi-2021”da dunyoning turli mamlakatlaridan 200 nafar sportchi o'zaro raqobatlashdi. Ushbu ralli tarixida ilk marotaba ishtirok etgan o'zbekistonlik poygachi Anvar Ergashev ralli reydlar bo'yicha katta tajribaga ega. Xususan, u fevral oyida FIA 2021 Jahon kubogi bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-o'rinni egallagan edi.

So'nggi kunlargacha poygachimizning musobaqaga borish-bormasligi malum emasdi, chunki unda pandemiya tufayli Marokash vizasini olishda muammolar paydo bo'ldi. Marokashning O'zbekistonga yaqin konsulligi Ozarbayjonda joylashganligi sababli, "O'zbekiston milliy avtomobil klubi" jamoat birlashmasi FIA bilan yaqin aloqada bo'lib, Ozarbayjondagi O'zbekiston elchixonasi, Marokash rallisi tashkilotchilari, xususan,"DAKAR ralli "sport direktori Devid Kaster bilan yaqindan hamkorlik qilib, o'zbekistonlik sportchi musobaqada ishtirok etishi uchun barcha say-harakatlarni amalga oshirdi.

Sahroda poyga oson emas edi, bazi tezkor maxsus joylar, qumli tepaliklar toshli yo'llarga aylanardi. Dunyoning eng katta sahrosidagi jazirama ekipajni juda charchatadi. Buning ustiga, poyga avtomobilining ruli keskin burilib, Anvarning qo'liga jarohat etkazgan (keyinchalik uning qo'li singanligi malum bo'ldi) va musobaqaning ikkinchi yarmida u bir qo'li bilan avtomobilni boshqarishga majbur bo'ldi. Ammo, sportchimiz rallidagi ishtirokini to'xtatmadi, u 1 450 km masofani bosib o'tdi va T3 toifasida ancha yuqori bo'lgan 6-o'rinni egalladi.

Takidlash joiz, eng murakkab maxsus qismlardan iborat "Marokash rallisi-2021" 5 kunlik poygasi puxta jismoniy va texnik tayyorgarlikni talab qiladi. SHu bois unda ilk urinishdayoq g'olib bo'lish hammaga ham nasib qilavermaydi. Ko'plab jamoalar marra chizig'iga ham etib borisholmaydi, shu tufayli, poygachimizning musobaqada 6-o'rinni egallashi ajoyib natija.

SHu o'rinda "O'zbekiston milliy avtomobil klubi" jamoat birlashmasi Rossiyaning "Maria Oparina Team" jamoasiga taqdim qilingan avtomobil va texnik ko'mak uchun, "Marokash rallisi-2021"ning barcha bosqichlaridan ekipajning muvaffaqiyatli o'tishida belaruslik shturman Andrey Rudniskiyga tajribasi va qo'llab-quvvatlagani uchun katta minnatdorlik bildiradi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, “Marokash rallisi-2021” musobaqasi poygachimiz Anvar Ergashev faoliyatida muhim bosqich bo'ldi, shuningdek, “DAKAR-2022”da muhim debyut oldidan hal qiluvchi poyga bo'ldi. Umid qilamizki, Marokash rallisida orttirilgan boy tajriba hamyurtimizga kelgusi musobaqalarda qo'l keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing