01 noy 14:41
Yangiliklar
Sambo
Hamyurtlarimiz Xalqaro sambo federaciyasi komissiyalariga azo bo'lishlari kutilmoqda
Bir necha kundan so'ng Toshkent shahrida sambo bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.
Ushbu jahon chempionati doirasida poytaxtimizda 11 noyabr kuni Xalqaro sambo federaciyasi (FIAS) ning yillik Kongressi ham o'tkaziladi.
Mazkur kongress davomida tashkilotning bir qator komissiyalari azoligiga ham saylovlar tashkil etiladi.
Etiborlisi bir necha hamyurtimiz ushbu Kongressdan so'ng tashkilot komissiyalari azosiga aylanishi mumkin:
Alisher Alimov - FIAS ijroqo'm azoligi
Islom Adilov - FIAS texnik komissiyasi azoligi
Roman SHakirov - FIAS murabbiylar komissiyasi azoligi
Sarbon Ernazarov - FIAS atletlar komissiyasi azoligi
Ushbu o'tkaziladigan saylovlarda hamyurtlarimizga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar