11 dek 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Havasbek Asadullaev o'zbek - qozoq derbisida g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarning final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Havasbek Asadullaev oltin medal uchun qozog'istonlik Ablayxan Jussupovga qarshi jang qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Havasbek 4:1 hisobida g'alabaga erishib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Bu O'zbekiston erkaklar terma jamoasining mazkur Osiyo chempionatidagi 6-oltin medali bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar