So’nggi yangiliklar

19:10Том Аспиналлни UFC'дан ҳайдаш таклиф қилинди 0 18:45Ямал "Реал" ҳақида айтган гапларидан афсусда эмас 0 18:18Жаҳонгир Зокиров: "Zuffa Boxing"даги асосий рақиблар Иван Дичко ва Энди Круз!" 0 17:50Мария Тимофееванинг Уимблдон иккинчи даврасидаги рақиби маълум бўлди 0 17:23Исроил Мадримов Жарон Эннисни жангга чорлади 0 16:52"Пахтакор" польшалик ҳужумчи билан хайрлашди 0 16:17Фазлиддин Ғоибназаров фаолиятини якунладими? Боксчининг ўзи бунга жавоб берди 0 15:49Нурсултон Рўзибоев футболчиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштирокига муносабат билдирди 0 15:08Mangu 4 турнирининг санаси ниҳоят эълон қилинди 0 14:25ЖЧ-2026`ни тарк этган яна бир мураббий ишдан кетди 0 13:49Раҳимова Уимблдон жуфтлик мусобақасида ҳам иштирок этади. Рақиб маълум! 0 13:14Янгиланган The Ring рейтингида Исроил Мадримов нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:36Хейнига мажбурий даъвогар билан музокара учун 20 кун муҳлат берилди 0 11:53Франция терма жамоаси ЖЧ тарихида рекорд ўрнатди 0 11:22Йен Мачадо Гэрри Махачевни нечанчи раундда "финиш" қилишини айтди 0

05 okt 20:49
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" safarda "Almati" bilan ilk o'yinini o'tkazdi

Teglar :  AlmatiHumo
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun xokkeychilarimiz Pro Hokei Ligasy'dagi to'qqizinchi uchrashuvini o'tkazdi. "Almati"ga qarshi o'tgan match 4:1 hisobida "qanotlilar" foydasiga yakunlandi. Bugungi g'alabadan so'ng "Humo" hisobida o'n ochko mavjud. Xokkeychilarimiz g'olib bo'lishganiga qaramasdan turnir jadvalining oltinchi pog'onasini o'ziniki qilib turibdi. "Almati" esa ushbu mag'lubiyatdan so'ng ochkolari oltitaligicha saqlanib qolib, o'ninchi o'rindan joy oldi. "Humo" Qozog'iston ochiq chempionati doirasidagi navbatdagi o'yinini ertaga "Almati" jamoasiga qarshi safarda o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:30da start oladi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 9-tur
"ALMATI" – "HUMO" 1:4 (0:1, 1:3, 0:0)
5 oktyabr - 18:30, Olma-ota shahri, "Halyk Arena" ko'p funkciyali muz saroyi

Gollar: 0:1 - 8 Dorofeev, 0:2 - 25 Karavaev, 0:3 - 26 Ignatushkin, 0:4 - 35 Valeev, 1:4 - 37 Bajenov.

Bosh hakamlar: Vitaliy Ignatev, Vladimir Efremov.
CHiziq hakamlari: Timur Iskakov, Temirlan Kajenov.

"Almati" – (34) Nikolas Villardo, (39) Filipp Kolesnikov, (33) Artyom Bakushin, (63) Makar Vaulin, (36) Yaroslav Gluxovcev, (92) Xaqnazar Keңesbay, (77) Ilya Lobanov (K), (7) Sergey Mashinec (A), (2) Aleksey Ryjix, (79) Yuriy Andrusenko, (25) Egor Anisimov, (17) Serik Arg'ymbaev, (18) Nikita Bajenov, (55) Nursultan Belgibaev, (21) Sergey Gricenko, (9) Denis Donskoy (A), (10) Igor Ishhenko, (59) Batyr Marqabaev, (40) Maksim Petrasyuk, (23) Mamed Seyfulov, (8) Stanislav Filippenko, (11) Stepan SHtefan.

"Humo" – (20) Dmitriy Malgin, (29) Damir SHaymardanov, (59) Stanislav Borovikov, (27) Denis Davydov, (6) Ilya Davydov, (3) Aleksandr Dryagilev, (81) Aleksey Kirillov, (28) Daniil Kurashov, (23) Vadim CHebotarev, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (57) Andrey Karavaev, (10) Denis Kondratev, (7) Vadim Kravchenko, (9) Andrey Legalin, (93) Bulat Nabiullin, (66) Javoxir Rasulov, (45) Anton Rextin (A), (72) German Saukov, (71) Maksim Trunev (A).


Ogohlantirishlar: Dorofeev (1), Kondratev (31), Trunyov (38), Valeev (46). Juravlyov (58).

Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH


3-davr, 20-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! G'alaba muborak do'stlar!

3-davr, 18-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Vladimir Juravlyov ikki daqiqaga chetlatildi.

3-davr, 18-daqiqa. "So'g'diyona"dan farqli ravishda "Humo" jamoasi ayni damda g'alaba qozonmoqda. Ikki ochko uchun ikki daqiqa chidash kerak, yigitlar!

3-davr, 9-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 8-daqiqa. "Qanotlilar" tarkibidagi Artyom Valeev o'yinga qaytdi.

3-davr, 7-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Ilya Davidov ikki daqiqaga chetlatildi. Toshkentliklar ikki kishi kam bo'lib qolishdi.

3-davr, 6-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Artyom Valeev ikki daqiqaga chetlatildi.

3-davr, 6-daqiqa. Mezbonlar bor kuchi bilan oldinga tashlanmoqda. Ammo hozircha samarasiz.

3-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning katta ehtimol bilan so'nggi davri boshlanmoqda.

--------------------------------------------------------------------------------

2-davr, 20-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda. Uchrashuvning ikkinchi davri ham yakuniga etdi. O'n etti daqiqalik tanaffus.

2-davr, 18-daqiqa. Maksim Trunyov ikki daqiqaga chetlatildi. "Humo" bir kishi kam bo'lib qoldi.

2-davr, 17-daqiqa. Afsus! Nikita Bajenov raqiblarning o'yindagi ilk shaybasini kiritmoqda. 1:4

2-davr, 15-daqiqa. GOOOOOOOL! "Humo"ning 82-raqamli o'yinchisi Artyom Valeev shayba muallifi! "Almati" 0:4 "Humo".

2-davr, 13-daqiqa. Toshkentliklar to'liq tarkibda.

2-davr, 11-daqiqa. "Humo"da chetlatish. Denis Kondratev ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 6-daqiqa. GOOOOOOOL! Jamoamiz sardori Igor Ignatushkin hisobni ishonchli ko'rinishga keltirmoqda!

2-davr, 5-daqiqa. GOOOOOOOL! Andrey Karavaev hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirmoqda!

2-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri start oldi.

--------------------------------------------------------------------------------

1-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning ilk davri yakuniga etdi. O'n etti daqiqalik tanaffus!

1-davr, 19-daqiqa. Yo'q, hakamlar golni hisobga olishmadi. Hakamlar "Almati" o'yinchisi shaybani darvozaga qo'li bilan kiritgan deb topdi. O'yin davom etadi!

1-davr, 19-daqiqa. Afsus! Mezbonlar hisobni tenglashtirishmoqda. 9-raqamdagi Denis Donskoy shayba muallifi!

1-davr, 16-daqiqa. Toshkentliklar ikkinchi shaybani kiritishga yaqin kelishmoqda.

1-davr, 14-daqiqa. Uchrashuv nisbatan sokin o'tmoqda. SHayba nazorati "Humo"da.

1-davr, 8-daqiqa. GOOOOOOOL! Egooooor Dorofeeeev hisobni ochmoqda! "Almati" 0:1 "Humo".

1-davr, 8-daqiqa. Uchrashuvda mezbonlar kichik ustunlikka ega.

1-davr, 3-daqiqa. Dorofeev o'yinga qaytdi.

1-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvdagi ilk chetlatish toshkentliklarda yuzaga keldi. Egor Dorofeev ikki daqiqaga chetlatildi.

1-davr, 1-daqiqa. Uchraushv start oldi. Olg'a "Humo".

--------------------------------------------------------------------------------

Uchrashuv 18:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing