So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

09 okt 18:30
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" safarda musobaqa peshqadami - "Sariarka"ga qarshi o'yin o'tkazdi

Teglar :  HumoSariarka
Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston ochiq chempionati navbatdagi turi doirasidagi o'yinini o'tkazdi.

Bugun xokkeychilarimiz Qozog'iston birinchiligidagi o'n birinchi uchrashuvini o'tkazishdi. "Sariarka"ga qarshi o'tgan ilk match 3:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunladi. "Sariarka" jamoasi ayni damda turnir peshqadami, "Humo" esa ushbu mag'lubiyatdan so'ng ham beshinchi o'rinni vaqtinchaga saqlab qoldi. "Humo"ning turnir jadvalidagi o'rni o'zgarishi "Qulager" jamoasining o'yiniga bog'liq bo'lib qoldi. Navbatdagi uchrashuv ertaga "Sariarka"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Qozog'iston ochiq chempionati. 11-tur

"SARIARKA" – "HUMO" 3:1 (1:1, 1:0, 1:0)

9 oktyabr - 16:00, Qarag'anda shahri, "Karagandy Arena" muz saroyi

Gollar: 1:0 - 18 Zlobin, 1:1 - 18 Trunyov, 2:1 - 28 Belyaev, 3:1 - 54 Borisevich.

Bosh hakamlar: Konstantin CHubenko, Sergey Sobolev.
CHiziq hakamlari: Denis Zasuxa, Nurlan Alpispaev.

"Sariarka" – (90) Denis Karataev, (50) Artyom Mikushin, (43) Nikita Anoxin, (81) Arseniy Borisov, (21) Ivan Gavrilenko, (73) Oleg Gofman, (69) Nikita Kleshhenko, (3) Edgars Siksna (K), (22) Ignat Xolkin, (9) Deniss Fjodorovs, (19) Kirill Belyaev (A), (89) Aleksandr Borisevich, (77) Sayan Daniyar (A), (23) Konstantin Dvurechenskiy, (61) Ruslan Dyomin, (18) Ivan Zaxarchuk, (92) Anton Zlobin, (24) Dmitriy Ismagilov, (75) Andrey Lagunov, (97) Zaxar Parxomenko, (15) Denis CHaporov, (76) Andrey Yakovlev.

"Humo" – (20) Dmitriy Malgin, (29) Damir SHaymardanov, (59) Stanislav Borovikov, (27) Denis Davydov, (6) Ilya Davydov, (3) Aleksandr Dryagilev, (81) Aleksey Kirillov, (28) Daniil Kurashov, (23) Vadim CHebotarev, (82) Artyom Valeev, (94) Egor Dorofeev, (64) Vladimir Juravlev, (18) Igor Ignatushkin (K), (57) Andrey Karavaev, (10) Denis Kondratev, (7) Vadim Kravchenko, (11) Aleksey Krivchenkov, (21) Maksim Nazarov, (45) Anton Rextin (A), (72) German Saukov, (71) Maksim Trunev (A), (17) Timur SHingareev.


Ogohlantirishlar: Lagunov (6), Belyaev (12), Dorofeev (15), Valeev (20), Rextin (37), CHaporov (37), Xolkin (38), Parxomenko (48), Malgin (48), Malgin (49).

Matnli translyaciya:
SAHIFANI YANGILASH


3-davr, 20-daqiqa. Uchrashuv yakunlandi! "Sariarka" 3:1 "HUMO".

3-davr, 19-daqiqa. "Humo" so'nggi daqiqalarni olti o'yinchi bo'lib o'tkazishga qaror qildi, ammo bu ham samara bermadi.

3-davr, 14-daqiqa. Gol! Aleksandr Borisevich shayba muallifi! Hisob 3:1 "Sariarka" foydasiga.

3-davr, 11-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 9-daqiqa. Yana Dmitriy Malgin chetlatilmoqda. Jazoni bu safar Kondratev o'taydi. "Humo" uch kishi bo'lib qoldi maydonda.

3-davr, 8-daqiqa. "Humo" darvozaboni Dmitriy Malgin ikki daqiqaga chetlatildi, jazoni Aleksey Krivchenkov o'taydi.

3-davr, 8-daqiqa. "Sariarka" to'liq tarkibda o'ynamoqda.

3-davr, 6-daqiqa. "Sariarka" o'yinchisi Zaxar Parxomenko ikki daqiqaga chetlatildi.

3-davr, 6-daqiqa. "Humo" jamosi hisobni tenglashtirishga urinmoqda. Ammo hozircha hujumlar samara bermayapti.

3-davr, 1-daqiqa. Uchrashuvning uchinchi davri start oldi! Olg'a "HUMO"!

----------------------------------------------------------------------

O'n etti daqiqalik tanaffus!

2-davr, 20-daqiqa. Uchrashuvning ikkinchi davri ham yakuniga etdi. Hisob 2:1, mezbonlar foydasiga.

2-davr, 20-daqiqa. Raqiblarimiz ham to'liq tarkibda.

2-davr, 19-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda. "Sariarka" to'rt kishi bo'lib harakatlanmoqda.

2-davr, 18-daqiqa. "Sariarka"ning yana bir o'yinchisi - Ignat Xolkin ikki daqiqaga chetlatildi. 

2-davr, 17-daqiqa. O'yinda mushtlashuv yuzaga keldi. Va buning ortidan "Humo" o'yinchisi Anton Rextin hamda "Sariarka" azosi Denis CHaporov ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 11-daqiqa. "Humo" to'liq tarkibda.

2-davr, 9-daqiqa. "Humo" o'yinchisi Denis Kondratev ikki daqiqaga chetlatildi.

2-davr, 8-daqiqa. Gol! Kirill Belyaev "Sariarka" jamoasini hisobda oldinga olib chiqmoqda.

2-davr, 4-daqiqa. Uchrashuvda ikkala jamoa ham tinimsiz hujumlar uyushtirishmoqda. "Sariarka" hujumlari borgan sari xavfli bo'lib bormoqda.

2-davr, 1-daqiqa. Va nihoyat tushunarsiz qarorlardan so'ng, ikkinchi davr boshlandi.

Ajoyib! O'n etti daqiqalik tanaffusdan so'ng hakamlar Trunyov golini qayta ko'rib chiqishdi va uni inobatga olishdi. "Sariarka" 1:1 "HUMO"

----------------------------------------------------------------------

Birinchi davr yakunlangani haqida xabar berilmoqda. O'n etti daqiqalik tanaffus!

Tushunarsiz holat! Xokkeychilar arenani tark etishdi. Gol inobatga olinmadi, afsus!

Hakamlar qariyb besh daqiqadan buyon "Humo" golini tekshirishmoqda. Gol hozircha inobatga olinmagan.

1-davr, 18-daqiqa. GOOOOOOOL! Maksim Trunyov bir hujumdayoq hisobni tenglashtirmoqda.

1-davr, 18-daqiqa. Gol! Afsus, gaplarimiz tasir qildi, shekilli! Anton Zlobin mehmonlar foydasiga hisobni ochmoqda.

1-davr, 17-daqiqa. Uchrashuvning ilk davri qizg'in kurashlar ostida kechmoqda. "Humo" jamoasi darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlar yuzaga kelashiga qaramasdan, darvozamiz dahlsizligi saqlab qolinmoqda.

----------------------------------------------------------------------

Uchrashuv 16:00da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing