So’nggi yangiliklar

10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0 11:37Йэн Гэрри шу йилнинг охиригача яна жанг қилади — манба 0 09:46Жавоҳир Умматалиевнинг жанг санаси ва манзили ўзгарди 0

27 may 18:38
Yangiliklar

Xokkey

"Humo"ning rossiyalik matbuot kotibi jamoa atrofidagi vaziyatga izoh berdi

Teglar :  Humo
Toshkentning "Humo" xokkey klubi axborot xizmati rahbari Aleksandr Malishev klub atrofida ro'y berayotgan hodisalarga to'xtaldi.

"Uzoq vaqt jim turdim, lekin baribir "Humo" bo'yicha o'z poziciyamni bayon etaman. Matbuot xizmatiga uzoq vaqt rahbarlik qilgan inson sifatida boshqalar kabi vaziyatni to'lqinlantirib yuborish menga to'g'ri kelmaydi, chunki men 2019 yilda ushbu klub paydo bo'lishining boshida turganman va bu yillar davomida klubni rivojlantirgan odamlar bilan birga bo'lganman. Klubning tashqaridagi obro'si uchun ham javobgar edim. Jim turish juda noto'g'ri bo'lardi. Barchasi soyadan chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga maktub imzolandi. SHunday qilib, endi hech qanday savol yo'q. 

"Humo"da maosh to'lashda kechikish yillar davomida birinchi kundanoq o'z-o'zidan paydo bo'ldi. Eshitishimcha, yaqinda rahbariyat o'tgan mavsum uchun (23/24) mukofot pullari bo'yicha qarzlarni to'lashdi. SHunday ekan, ular o'z samarasini berayotganiga shubha qilmayman. Barchasi vaqt masalasi. Yana bir jihati shundaki, bu mavsum unchalik oddiy o'tmadi – birinchi marta mavsum oralig'ida xodimlar, jumladan, matbuot xizmati ham ishdan bo'shatildi va umuman olganda, bosh homiyning professional klubni saqlashga yordam bera olmayotgandek ko'rindi. Bu faqat bizning muammo emas. 

Tush ko'rsam, "Humo"ni VXLda tasavvur qilaman. Oxirgi uch mavsumda Qozog'iston chempionati biz uchun optimal o'tdi, lekin endi Qozog'istonning legionerlar to'g'risidagi qonunchiligi O'zbekiston klublarini chetga chiqishga majbur qilyapti. Moliyalashtirishga kelsak, davlat-xususiy sherikligi eng maqbuli bo'lar edi", deb yozdi Malishev.

Avvalroq, "Humo" klubi xokkeychilari maoshlar kechikayotgani tufayli O'zbekiston Prezidentiga murojaat yo'llagandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing