22 sen 13:01
Yangiliklar

Humoyun Sultonov bugun SHveciyada kortga chiqadi
Xabaringiz bor, SHveciyada ITF tasnifiga kiruvchi "F3 Futures" turniri bo'lib o'tmoqda.
Bugun tennischimiz Humoyun Sultonov turnirning yakkalik bahslari 1/8 finalida daniyalik Elmer Myollarga qarshi bahs olib boradi.
SHuningdek, bugun Sultonov musobaqaning juftlik bahslarida ham kortga chiqadi. Humoyun Sultonov/ Yuta Simidzu tandemi germaniyalik tennischilar Oskar Moraing/ Mats Rozenkrac juftligi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar