06 okt 15:02
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov CHexiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Tennischimiz Humoyun Sultonov CHexiyaning Praga shahridagi M25 turkumidagi musobaqada ishtirok etmoqda.
Bugun u musobaqaning ilk bosqichida mezbon Vojtech Maresga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 17 daqiqa davom etgan bahsda Humoyun 7:5, 6:0 hisoblarida g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Birozdan so'ng boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayziev germaniyalik Rudolf Morrekerga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar