02 okt 08:18
Yangiliklar
Humoyun Sultonov ketma-ket ikkinchi hafta SHveciyadagi turnir chempioni bo'ldi
Musobaqaning juftlik bahslarida final o'yini o'tkazildi. Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yaponiyalik Yuta SHimicu bilan juftlik hosil qilgan holda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik. Kecha tennischilar finalda Bleyk Ellis (Avstraliya) / Renta Tokuda (Yaponiya) juftligiga qarshi final o'yinini o'tkazishdi.
1 soat 19 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun va uning sherigi 6:3, 3:6, 11:9 hisobida g'alabaga erishdi va musobaqaning juftlik bahslari g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Sultonov o'tgan hafta SHveciyada o'tkazilgan boshqa bir turnirda ham yaponiyalik sherigi bilan birga juftlik bahslarida g'alabaga erishgandi.
Tennischimiz turnirning yakkalik bahslarida kecha yarim finalda franciyalik Valentin Royerga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Fikrlar