11 fev 20:52
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov navbatdagi uchrashuvida kortga chiqdi
Turkiyaning Antalya shahrida mukofot jamg'armasi 15000 AQSH dollarni tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Musobaqada birinchi raqam ostida saralangan tennischimiz Humoyun Sultonov bugun ikkinchi davrada o'yin o'tkazdi. Ispaniyalik AlvaroLopes San Martinga qarshi kechgan bahsda tennischimiz 6/2, 6/3 hisobida g'alaba qozondi.
Endi chorak final bahsida Sultonov ruminiyalik Filip Kristian Jianuga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Humoyun Sultonov ayni paytda jahon reytingida 330, Filip Kristian Jianu esa 391-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar