07 mar 22:43
Yangiliklar
Tennis

Humoyun Sultonov Rossiyada kortga chiqdi
8-14 mart kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ” St. Petersburg Challenger 80” musobaqasi bo'lib o'tadi.
Hozirda turnirning saralash bahslari davom etmoqda. Turnirning saralash bosqichida tennischimiz Humoyun Sultonov estoniyalik Daniil Glinkaga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 set davom etgan uchrashuvda Sultonov 7/6, 6/4 hisobida raqibini mag'lub etib, keying bosqichga yo'l oldi.
Ertaga Xumoyun Sultonov yana bir saralash bosqichida niderlandiyalik Tim van Reytxovenga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Sultonov ATP reytingida 332, Reytxoven esa 334-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar