05 apr 18:29
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonov "Sanremo Challenger 80" turnirining asosiy davrasida kortga chiqdi
Xabar berganimizdek, Italiyada tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Bugun turnirning asosiy davra yo'llanmasini qo'lga kiritgan tennischimiz Humoyun Sultonov moldovalik Radu Albotga qarshi kortga chiqdi. 1 soatu 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda tennischimiz afsuski, raqibiga 2/6, 6/3, 1/6 hisobida mag'lub bo'ldi va musobaqani tark etdi.
Taqqoslash uchun, ayni vaqtda Humoyun Sultonov ATR reytingida 438, Radu Albot esa 119-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar