16 iyu 16:59
Yangiliklar
Tennis
Humoyun Sultonovning Makedoniyadagi yurishi muvaffaqiyatli davom etadi
Makedoniyada o'tkazilayotgan tennis bo'yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Biroz avval tennischimiz turnirning 1/8 finalida urugvaylik Franko Ronkadelliga qarshi kortga chiqdi. 2 set davom etgan uchrashuvda Sultonov 6/1, 6/1 hisobida g'alaba qozondi va musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi.
Humoyun Sultonovning turnirdagi navbatdagi raqibi rossiyalik Bogdan Bobrov bo'ladi. Taqqoslash uchun, ayni vaqtda Sultonov ATR reytingida 370, Bobrov esa 481-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar