15 okt 14:54
Yangiliklar

Ibragimovich "Milan"ga o'tadimi?
"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola forvardning "Milan"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi.
"Biz "Milan" bilan muzokara o'tkazmadik. Turli klublar bilan ko'plab uchrashuvlar uyushtiramiz, ammo hozircha ular orasida "Milan" bo'lgani yo'q" - deydi Rayola.
Oldinroq, Rayola Ibragimovich "Milan" bilan muzokaralarga tayyorligini aytgan edi. SHu bilan birga "Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourinyu shvedni jamoaga qaytarmoqchi ekanligi haqida xabarlar elon qilingandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar