13 noy 10:05
Yangiliklar
Futbol

Ibragimovich va Runi MLS’ning mavsum termasidan o'rin oldi
MLS 2018-yilgi mavsumning eng yaxshilarini elon qildi. Undan Ueyn Runi hamda Zlatan Ibragimovich ham o'rin oldi.
MLS mavsum termasi: Zak Steffen (“Kolambus Kryu”), Kemar Lourens, Aaron Long (ikkalasi – “Nyu-York Red Bulls”), CHed Marshall (“Siettl Saunders”), Lusiano Akosta (“Di Si Yunayted”), Migel Almiron (“Atlanta Yunayted”), Ignasio Pyatti (“Monreal Impekt”), Karlos Vela (“Los-Andjeles”), Zlatan Ibragimovich (“Los-Andjeles Gelaksi”), Ueyn Runi (“Di Si Yunayted”), Jozef Martines (“Atlanta Yunayted”).
Zlatan shuningdek, mavsumning eng yaxshi yangi o'yinchisi deb topildi. 37 yoshli hujumchi 27 ta o'yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Runi esa 21 ta o'yinda 12 ta gol urib, 6 ta golli uzatma berdi.
Havola :
Fikrlar