26 noy 08:38
Yangiliklar
Futbol

IFFHS tasnifiga ko'ra yilning eng yaxshi hakamlari aniqlandi
Xalqaro futbol statistikasi va tarixi federaciyasi (IFFHS) "2019 yilning eng yaxshi hakami" nominaciyasi g'oliblarini elon qildi.
Erkak hakamlar orasida 43 yoshli sloveniyalik Damir Skomina g'olib bo'ldi. Joriy yil Skomina "Liverpul" va "Tottenxem"(2:0) klublari o'rtasidagi ECHL finalida ishlagandi. Sloveniyalik referi 1987 yilda tasis qilingan mukofotni qo'lga kiritgan 19-insonga aylandi.
Skomina so'rovnomada 136 ovoz bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, keyingi o'rinlarni Feliks Brix (129), Born Kuypers (61) va Janluka Rokki (58) egallashdi. Beshinchi o'rin esa turkiyalik Juneyt CHakirga (47) nasib qildi.
Stefani Frappar eng yaxshi ayol referiga aylandi. Eslatib o'tamiz, franciyalik hakam "Liverpul" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi Evropa Superkubogi o'yinini boshqargandi.
Havola :
Fikrlar