27 jan 17:56
Yangiliklar
Futbol
Abduqodir Husanov Osiyo ramziy terma jamoasidan joy oldi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi (IFFHS) OFKning 2025 yil razmiy terma jamoasini taqdim etdi.
Undan O'zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov o'rin oldi.
Husanov uchun 2025 yil juda omadli keldi. U 1 yil muqaddam "Lans"dan "Manchester Siti" safiga qo'shilib, APL tarixidagi ilk o'zbekistonlik futbolchiga aylangan bo'lsa, iyun oyida tarixiy yutuq — terma jamoa bilan Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqqandi.
Avvalroq 21 yoshli futbolchi "Goalpost" talqinida Osiyoning 2025 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Havola :
Fikrlar