01 fev 16:10
Yangiliklar
Tennis
"Devis kubogi". O'zbekiston Bosniya va Gercegovina terma jamoasiga mag'lub bo'ldi
Toshkentda "Devis kubogi"ning I Jahon guruhi doirasida O'zbekiston hamda Bosniya va Gercegovina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi.
Mazkur qarama-qarshilikdagi to'rtinchi o'yinda bizning birinchi raketka Humoyun Sultonov raqiblarning birinchi raqamli tennischisi Damir Jumxurga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 21 daqiqa davom etgan o'yinda Humoyun Sultonov 4:6, 6:1, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Bungacha O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina o'yinida quyidagi natijalar qayd etilgandi:
Humoyun Sultonov - Mirza Bashich 6:4, 3:6, 7:6
Sergey Fomin - Damir Jumxur 6:7, 3:6
Sultonov/Fomin - Bashich/Fatich 6:7, 6:7.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi mazkur qarama-qarshilikda 1:3 hisobida yutqazdi va shu bosqichda o'z yurishini to'xtatdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar