25 apr 08:43
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek SHtutgartni zabt etdi va "Porsche"ga ega chiqdi
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha nufuzli WTA turniri yakuniga etdi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek bosh sovrin sohibasiga aylandi. Polshalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi.
Sakson besh daqiqa davom etgan bahsda Svyontek raqibasini 6/2, 6/2 hisobida taslim etdi. Uchrashuv davomida 20 yoshli Iga ikkita qo'shxatoga yo'l qo'yib, to'rtta breykni amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Svyontek hisobda oldinga chiqib oldi - 1:1.
Polshalik tennis malikasi Porsche Tennis Grand Prix turniridagi ishtirokidan 470 ochko va 93,823 evro mukofot puli ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar