So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

25 mar 18:01
Yangiliklar

Engil atletika

III Toshkent Xalqaro marafoniga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Marafon
Joriy yil 28 mart kuni poytaxtimiz aholisi va mehmonlari yilning muhim sport voqeliklaridan biri – III Toshkent Xalqaro marafoniga guvoh bo'lishadi.

SHu munosabat bilan bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri O.Qudratov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi prezidenti A.Abduvaliev, III Toshkent Xalqaro marafonini o'tkazish direkciyasi direktori U.Mamadaliev, vazirlik mutasaddilari, turli sport federaciyalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

COVID-19 virusining butun dunyoda keng tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan pandemik sharoitning zararli oqibatlarini kuchaytirmaslik maqsadida ko'plab sport va ommaviy tadbirlar onlayn tarzda o'tkazilmoqda. SHuni inobatga olgan holda, III Toshkent Xalqaro marafonini karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda, marafon (42,195 km), yarimmarafon (21,0975 km), ekiden (5 km+10 km+5 km+10 km+5 km+7,195 km) va 3km masofada o'tkazish, ishtirokchilarni zamonaviy axborot kommunikaciya texnologiyalarini qo'llagan holda ro'yxatga olish belgilandi.

Ushbu ommaviy sport tadbirini nafaqat yurtimiz, balki uning tashqarisida ham ommalashtirish orqali III Toshkent Xalqaro marafonining o'ziga xos brendini yaratish va targ'ib qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Marafon hamda yarim marafon musobaqalarida 18 yosh va undan yuqori bo'lgan professional sportchilar ishtirok etish huquqiga ega. Ular medal, diplom hamda qimmatbaho sovg'alardan tashqari Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun ham kurash olib borishadi.

Ekiden – bu ham marafon poygasi bo'lib, uning umumiy uzunligi ham xuddi marafon singari 42 km 195 metrni tashkil etadi. Faqat, bunda belgilangan masofa bir kishi emas, balki 6 nafar ishtirokchi tomonidan bosib o'tiladi. Jamoaviy estafeta shaklidagi ushbu yo'nalishda ishtirokchilar mos ravishda 5 km+10 km+5 km+10 km+5 km+7,195 km masofani ketma-ketlikda bosib o'tishlari zarur. Bunda ishtirokchilar jamoa bo'lib musobaqalarga kirishadi. Ekiden marafon – Toshkent Xalqaro marafonining yangi yo'nalishi bo'lib, hozirda unga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Matbuot anjumanida takidlanishicha, ekiden yo'nalishidagi musobaqalarda ishtirok etish uchun ayni paytga kelib 50ga yaqin jamoa ro'yxatdan o'tgan. Onlayn tarzda ro'yxatga olish jarayoni 27 mart kuni kechga tomon yakunlanishini inobatga olsak, bahslarga yana 10-15tacha jamoa qo'shilishi mumkin.

 

Takidlash joiz, Toshkent xalqaro marafonining nufuzi yildan yilga ortib bormoqda. Buni ishtirokchilar sonining o'sishida ham ko'rishimiz mumkin. Agarda 2019 yili o'tkazilgan dastlabki musobaqada ming nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan bo'lsa, o'tgan yili bu ko'rsatkich 1 600 nafarga yaqinlashgan. Uchinchi bor tashkil etilayotgan bu safargi musobaqada esa ishtirokchilar soni ikki minglik dovondan ham o'tishi kutilmoqda.

Epidemiologik vaziyat tufayli III Toshkent Xalqaro marafonida ko'plab xorijiy davlatlar vakillari qatnasholmayapti. Ammo, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpus vakillari anchaginani tashkil etmoqda.

Toshkent Xalqaro marafoni va yarimmarafoni trassasi AIMS, yani Xalqaro marafon va yugurish associaciyasi tomonidan sertifikatlangan. AIMS – World Athletics Xalqaro engil atletika federaciyalari uyushmasining azosi hisoblanadi.

Marafonning boshlanish nuqtasi – Afrosiyob ko'chasida, “Humo Arena” muz saroyi yonida bo'lib, qatnashchilar marafon davomida Toshkent shahrining markaziy ko'chalari, jumladan Afrosiyob, Beshyog'och, Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko'chalarini yugurib o'tishadi. Marafonga soat 8:00da start beriladi.

Tashkiliy qo'mita huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda marafonning to'liq sanitar qoidalar asosida xavfsiz o'tishini taminlaydi. Tadbirni o'tkazish vaqtida tomoshabinlar, ishtirokchilar, hakamlar, ko'ngillilar va texnik guruhlar tomonidan epidemiologik xavfsizlikning barcha qoidalariga so'zsiz rioya qilish talab etiladi.

Tadbir davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing