So’nggi yangiliklar

11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0

30 apr 19:06
Yangiliklar

Dzyudo

IJF bosh direktori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Bosh direktori, Xalqaro kibersport federaciyasi prezidenti Vlad Marinesku bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, federaciya bosh kotibi Aziz Sobirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish, murabbiylar, hakamlar va terma jamoa sportchilari o'rtasida tajriba almashishga yo'naltirilgan seminar, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog'ida Vlad Marinesku futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok hamda o'z tarixida ilk bor Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabrikladi. 

SHuningdek, dzyudochilarimizning Gonkong davlatida o'tgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki, shuningdek, terma jamoamizning 3-5 may kunlari Tojikiston poytaxti mezbonlik qiladigan Dushanbe "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik masalalari ham kun tartibida bo'ldi.

Malumot uchun, IJF taqvimidan Parij-2024 Olimpiadasigacha Tojikiston va Qozog'istondagi "Katta Dubulg'a" musobaqalari hamda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tadigan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'rin olgan.      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing