So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

10 sen 12:03
Yangiliklar

Kurash

IKA va ISSA hamkorlik shartnomasini imzoladi

Teglar :  KurashIKAISSA
Ostona shahri mezbonlik qilayotgan 5-Dunyo ko'chmanchilar o'yinlariga ko'plab nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari tashrif buyurgan.

Jumladan, bugun Xalqaro Kurash associaciyasi va Islom Birdamlik sport associaciyasi rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda IKA prezidenti Haydar Farmon, IKA vice-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov, IKA Administraciyasi rahbari Mansur Mirzaev, ISSA Bosh kotibi Nasser Ayman Majali, Qozog'iston kurash federaciyasi vice-prezidenti Andrey Borgens hamda Islom Birdamlik sport associaciyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro Kurash associaciyasi prezidenti Haydar Farmon kurash sportining rivojlanishi, barcha qitaviy chempionatlar, hakamlar va murabbiylarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil malumot berdi.

Islom Birdamlik sport associaciyasi bosh kotibi Nasser Ayman kurash sporti haqida o'zining ijobiy tasurotlarga ega ekanligini, uning qoidalari islomiy qadriyatlarga mosligini etirof etdi. Halol bahosi kurashda ham, islom dinida ham eng oliy baho ekanligini qayd etdi.

IKA vice-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov Islom Birdamlik sport associaciyasi bilan ko'pdan beri hamkorlikda ish olib borilayotganligini, kelgusida hamkorlik aloqalari keng qamrov kasb etishi qayd etib o'tdi. Bu borada qo'llab-quvvatlayotganligi uchun tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorligini bildirdi.

Yig'ilish davomida ikki tashkilot o'rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ko'plab dasturlar bo'yicha ishlar bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Malumot uchun, Islom Birdamlik sport associaciyasi Islom Birdamlik o'yinlarini boshqaruvchi oliy organ hisoblanadi. Uning vazifasi islom mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni sport orqali oshirishdan iboratdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing