11 avg 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Muaytay

Ikki egizak muay-tay ustamiz va bir nafar MMAchimiz ONE FC'da jang qiladi
15 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Lumpinee Stadium majmuasida MMA, muay-tay va kikboksing bo'yicha ONE Lumpinee 120 turniri o'tkaziladi.
Musobaqada uch nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etadi. Hasan va Husan Salomovlar mezbon muay-taychilarga qarshi ringga ko'tariladi. MMA yo'nalishidagi Sardor Karimboev esa koreyalik aralash yakkakurash ustasi bilan hisob-kitob qiladi.
MMA bo'yicha o'ta engil vazn toifasida: Sardor Karimboev - Jang Seon Gyu (Koreya Respublikasi)
Muay-tay bo'yicha ikkinchi yarim engil vaznda: Husan Salomov - Rokki (Tailand)
Muay-tay bo'yicha yarim engil vaznda: Hasan Salomov - Brazil (Tailand).
Musobaqaning to'liq kardi quyidagicha:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar