01 apr 07:02
Yangiliklar
Ikki hafta davom etgan Mayami "Masters" turnirida chempion malum FOTOGALEREYA
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning uchinchi raketkasi, italiyalik Yannik Sinner ATP reytingida 12-pog'onadan joy olib kelgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqdi. Etmish to'rt daqiqalik bahsda 22 yoshli Sinner o'zidan 10 yoshga katta tajribali raqibini deyarli sezmadi - 6/3, 6/1.
Italiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlarda Grigorga faqat bir marotaba yutqazgan. Qolgan uchta uchrashuvda Sinnerning qo'li baland kelgan. Yannik 4, Dimitrov 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar 4 ga 0 ko'rinishida chempion foydasiga.
Cinner faoliyatidagi 13, "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirlardagi 2-sovrinini qo'lga kiritdi. U bugun elon qilinadigan yangi reytingda dunyoning ikkinchi raketkasi sifatida debyut qiladi. Yannik Mayamidagi ishtirokidan 1000 ochko hamda 1 million 100 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ishlab oldi. Dimitrov esa bugun dunyoning 9-raketkasiga aylanadi. U 650 ochko va 585,000 dollarga ega bo'ldi.
Fikrlar