08 sen 07:53
Yangiliklar
Ikki hafta oldin jahon chempioni bo'lgan Ulug'bek Rashidov "Buvaytar Saytiev" turnirida oltin medalni qo'lga kiritdi. Uni Razambek Jamalov tabrikladi + FOTO
Musobaqada 12 mamlakatning 300 nafardan ziyod kurashchilari, jumladan o'zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishdi.
Ahamiyatlisi, turnirda ishtirok etgan yosh hamyurtimiz Ulug'bek Rashidov 48 kg vazn toifasida musobaqa oltin medalini qo'lga kiritdi. U finalda Qirg'iz Respublikasi vakili Sadur Kayipbekovdan ustun keldi. Taqdirlash marosimida esa hamyurtimizni O'zbekiston terma jamoasi safida Parij Olimpiadasida oltin medalni yutgan Razambek Jamalov (74 kg) tabrikladi.
Bundan tashqari, 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Faxriddin Nasriddinov bronza medaliga ega chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Rashidov avgust oyi oxirida Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tgan U-17 Jahon chempionatida g'olib bo'lib, ikki karra jahon chempioniga aylangan edi.
Fikrlar