13 okt 10:15
Yangiliklar
Tennis

Ikki juftligimiz “Toshkent CHellenjeri”da yarim finalga chiqdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning juftliklar musobaqasida chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. Yarim finalga esa o'zbekistonlik tennischilar harakat qilayotgan ikkita juftlik yo'l oldi.
Rossiyalik Mixail Elgin bilan juftlik xosil qilgan Denis Istomin chorak final bahsida Ilya Ivashka hamda Egor Gerasimov tandemiga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 6:1, 6:1.
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayzievdan iborat juftlik esa kurashsiz keyingi bosqichga chiqdi. Ularning raqiblari Mirza Basich va Blaj Kavchich kortga chiqishdan bosh tortishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar