13 sen 09:53
Yangiliklar
Ikki karra US Open chempioni Osaka bu yilgi ishtirokidan qancha ishlab oldi?
Bosh sovrin uchun kechgan hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning to'qqizinchi raketkasi, yaponiyalik Naomi Osaka WTA reytingida 27-pog'onadan joy olib turgan belaruslik Viktoriya Azarenkoni 1/6, 6/3, 6/3 hisoblarida taslim etib, ikki karra US Open chempioniga aylangandi.
Ikki haftalik muvaffaqiyatli ishtirok 22 yoshli Naomiga 3 million dollar mukofot puli hamda qimmatli 2000 reyting ochkosini taqdim etdi. Finalda yutqazgan 31 yoshli Azarenko esa 1,5 million dollarga ega bo'ldi.
Taqqoslaydigan bo'lsak, o'tgan yilgi chempion kanadalik Byanka Andreesku 3 million 850 ming dollar, finalchi esa 1 million 900 ming dollarga o'z hamyonini boyitib olgandi. Bu yilgi mukofot jamg'armasi o'tgan safargi umumiy gonorar fondining 95 foizini tashkil etdi. Yani, gonorar jamg'armasi 5 % qisqarib, 57 milliondan 53,4 million dollarga kamaytirildi.
Fikrlar