14 iyu 07:51
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
Ikki nafar atletimiz uch hatlab sakrashda Tokio-2020 normativini bajardi
Qirg'izistonda Olimpiya o'yinlari chempioni Tatyana Kolpakova sovrini uchun o'tayotgan engil atletika bo'yicha xalqaro musobaqaning navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Musobaqaning uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan ikki hamyurtimiz Tokio-2020 normativlarini bajarishdi.
Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan hamyurtimiz Ruslan Kurbanov urinishlarining birida 17.17 metr natija qayd etdi. Bu Olimpiada normatividan 3 sm yuqori ko'rsatkichdir. SHuningdek, qizlarimizdan Roksana Xudoyorova normativdan 4 sm yuqori natija 14.36 metrga sakrashni uddaladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqaning uzunlikka sakrash dasturida Darya Reznichenko ham Tokio-2020 normativini bajarishga muvaffaq bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar