So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

12 iyu 07:27
Yangiliklar

Eshkak eshish

Ikki nafar kanoechining doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlandi

Teglar :  DopingKanoe
Xabaringiz bor, yana sanoqli kunlardan so'ng orziqib kutilgan Tokio yozgi Olimpiya o'yinlariga start beriladi.

Hozirda barcha mamlakat vakillari kun chiqar yurt Yaponiya iqlimiga moslashish va so'ngi o'quv-mashg'ulotlarini aynan shu erda o'tkazish uchun tashrif buyurishmoqda.

Rejaga asosan Butunjahon antidoping agentligi tomonidan olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritgan sportchilardan olimpiadaga qadar kamida 2 marta doping-sinama olish tartibi joriy etilgan.

Tokioga yo'l olgan rossiyalik ikki nafar sportchidan doping aniqlangan. Malum bo'lishicha, 17 iyunda kanoeda eshkak eshish bo'yicha terma jamoa azolaridan doping-sinama olingan. 6 iyul kuni natijalar elon qilingan va rossiyalik kanoechilar Nikita Morgachev hamda Pavel Sorinning doping-sinamalaridan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan.

Etiborli jihati bu natija kanoechilar Tokioga uchib ketishiga 4 soat qolganda malum bo'lgan va aeroportning o'zida ushlab qolingan. Sportchilarning takidlashiga ko'ra,  meldoniy moddasi ularning tanasiga qo'shimcha sport ozuqalari orqali kirgan. Lekin ular istemol qilgan barcha sport ozuqalari murabbiylar shtabi hamda Federal tibbiy-biologik agentligi huzuridagi Butunrossiya sport tibbiyoti markazi tomonidan maqbullangan. SHunday qilib, N.Morgachev va P.Sorin Olimpiadada qatnashish talabnoma ro'yxatidan olib tashlangan.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing