So’nggi yangiliklar

12:15Жавоҳир Синдаров 1 000 000 АҚШ доллар мукофот пулига эга турнирда қатнашади 0 11:54Дана Уайт: "Царукянни ҳайдаб юборишим мумкин эди" 0 11:33Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди 0 11:12FIA билан ҳамкорлик янги даражага кўтарилади 0 10:51Конор Макгрегор тўрт нафар фарзандининг онасига уйланди + ФОТО 0 10:30Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни бешта вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:09Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди 0 09:48Breaking news! Тайсон Фьюри қайтмоқда. Бокс олами Британия дербисига гувоҳ бўлади 0 09:27Шаҳобиддин Зоиров рингга чиққан турнирнинг асосий жангида нокаут қайд этилди 0 09:064th President Cup Masters 2025 халқаро шахмат турнири якунланди 0 08:45Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди 0 08:24Автоспорт оламининг энг кучлилари Тошкентда тақдирланди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:012025 йилнинг сўнгги UFC турнири жангчилари тарозидан ўтишди 0 22:46Шаҳобиддин Зоиров IBA.PRO камари учун жанг қилди 0 19:51АПЛнинг ноябрдаги энг яхши мураббийи аниқ 0

14 noy 19:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Tasdiqlandi: Lazizbek Mullojonov doping sabab 3 yilga diskvalifikaciya qilindi

SHu yilning iyul oyida boks bo'yicha Parij Olimpiadasi chempioni, Jahon chempioni Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

SHu yilning 11 iyun kuni musobaqadan tashqari o'tkazilgan doping nazorati chog'ida o'zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovdan olingan namunada metasteron moddasi - anabolik-androgenik steroid aniqlangandi. 

O'sha paytda unga dastlab, vaqtinchalik chetlatish jazosi qo'llanilgandi. 

Xalqaro test agentligining (ITA) malum qilishicha, Mullojonov o'ziga nisbatan 3 yillik diskvalifikaciya jazosi qo'llanilishiga rozi bo'lgan. Qayd etilishicha, Lazizbek antidoping qoidalarini (ADRV) buzgani bo'yicha qarorga etiroz bildirmagani orqali 4 yil emas, balki 3 yilga diskvalifikaciya qilingan. Hamyurtimizning havaskor boksdagi diskvalifikaciya muddati 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgacha amal qiladi. 

Bu holatda shu narsa oydinlashyaptiki, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi bokschimizning "ro'yxati"dan o'chiriladi. Uning 2025 yil 11 iyundan 22 iyulga qadar havaskor boksda qayd etgan barcha natijalari bekor qilinadi.

Qizig'i, Lazizbek Mullojonov bugun Toshkentdagi prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing