29 noy 07:35
Yangiliklar
Tennis

Ikki tennischi qizimiz Tunisdagi turnirda
Tunisning Xammamet shahrida tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ikki tennischimiz - Yuliya Kim va Albina Xabibulina ham ishtirok etyapti.
Albina Xabibulina asosiy to'rning ilk davrasida italiyalik Gaya Sanesiga qarshi kortga chiqadi. Asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan Yuliya esa polshalik Patrisiya Polanska bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar