10 sen 10:06
Yangiliklar
Tennis
Ikkinchi 1/2 finalda ham "sensaciya". US Open bosh sovrini uchun 18 va 19 yoshli tennischilar kurashadi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatining ayollar o'rtasida ikkinchi yarim final uchrashuvida ham kutilmagan natija qayd etildi.
Kanadalik 19 yoshli Leyla Fernandes dunyoning ikkinchi raketkasi, belaruslik tennis malikasi Arina Sobolenkoni uch set davom etgan uchrashuvda 7/6(3), 4/6, 6/4 hisoblarida mag'lub etishni uddaladi.
Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Fernandes 6 ta, Sobolenko esa 10 ta eys zarbasini ijro etdi. Endi Leyla ertaga tunda US Open bosh sovrini uchun yana bir musobaqa kashfiyoti, asosiy to'rga saralash bahslari orqali etib kelgan, ayni paytda WTA reytingida 150-pog'onadan joy olib turgan britaniyalik 18 yoshli Emma Radukanuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar