25 may 11:55
Yangiliklar
Tennis
Ikkinchi setni 6/0 hisobida yutgan Jokovich yakunda mag'lub bo'ldi
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich Gonet Geneva Open turniridagi final ostonasida to'xtatildi.
Serbiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 44-pog'onada borayotgan chexiyalik Tomash Maxachga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 6/0, 1/6. Tomash tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini tiklab qo'ydi - 1:1.
Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ygan. Breyklar esa Maxachda bittaga ko'proq bo'ldi - 5 ga 4!
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar