11 okt 15:10
Yangiliklar
Tennis

Ilk sensaciya. Fayziev o'zidan 377 pog'ona yuqorida turgan Donsskoyni engdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasining asosiy bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dastlabki shov-shuvli natija qayd etildi. Istedodli tennischimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Evgeniy Donskoyni mag'lubiyatga uchratdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Fayziev kuchli raqibini 4:6, 6:3, taybrekda 7:6(7:5) hisobida taslim etdi. Donskoy dunyo reytingida 97, Fayziev esa 474-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar