13 avg 09:49
Yangiliklar
Iman Xalif Olimpiada yopilish marosimida Jazoir bayroqdori bo'lishdan mahrum qilindi
Associated Press xabariga ko'ra, avvaliga Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan aynan Iman Xalif hamda Olimpiadaning 800 metrga yugurish bahslarida bronza medalini qo'lga kiritgan Jamal Sedjati Jazoir bayroqdorlari bo'lishi aytilgandi. Ammo marosimga bir necha daqiqa qolganida Xalifning o'rnini gimnastikachi Kayliya Nemur egalladi. Nemur brus bahslarida Olimpiada chempioni bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Xalqaro boks associaciyasi (IBA) Imanni gender uchun topshirgan testdan o'ta olmagani uchun 2023 yilgi jahon chempionatidan diskvalifikaciya qilgan edi. 25 yoshli Xalif Olimpiadada 66 kg vazn toifasida chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. U oltin uchun kechgan jangda xitoylik Yan Lyuni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.
Bu Jazoirning ayollar boksi tarixidagi ilk Olimpiada medali bo'ldi. Saralash bosqichida Imanning raqibasi italiyalik Anjela Karini jangning 48-soniyasida bahsni davom ettirmaslikka qaror qilgandi.
Fikrlar