10 mar 08:49
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. 18 ta qo'shxatoga yo'l qo'ygan Aleksandrovada g'alaba
AQSHning Indian-Uells shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Dunyoning 52-raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrova ilk davrada WTA reytingida 317-pog'onadan joy olgan AQSH vakilasi Elvina Kalievani qiyinchilik bilan mag'lub eta oldi - 4/6, 6/2, 7/6(7).
Ikki soatu 23 daqiqa davom etgan bahsda Ekaterina 4 ta eys, 7 ta breykni amalga oshirdi va 18 ta majburiy bo'lmagan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Elvina esa 5 ta eys, 6 ta breyk-poynt qayd etdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi edi. Endi Aleksandrova ikkinchi bosqichda ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar