18 mar 13:50
Yangiliklar
Tennis

Indian-Uells (ATP). Federer kurashsiz 1/2 finalga chiqdi
AQSHning Kaliforniya shtati Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan nufuzli BNP Paribas Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Xard kortlarda o'tayotgan Masters turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 7 mln dollarni tashkil qiladi.
O'z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan turnirning erkaklar o'rtasidagi bahslarida chorak final uchrashuvlari o'tkazildi. G'oliblik uchun asosiy davogarlardan biri shveycariyalik Rojer Federer kurashsiz 1/2 finalga chiqdi.
Uning 1/4 finaldagi raqibi avstraliyalik Nik Kiros uchrashuvda qatnashishdan bosh tortgan.
1/4 final natijalari:
Pablo Karreno-Busta – Pablo Kuevas 6:1, 3:6, 7:6 (7:4)
Stanislac Vavrinka – Dominik Tim 6:4, 4:6, 7:6 (7:2)
Jek Sok – Key Nisikori 6:3, 2:6, 6:2
Rojer Federer – Nik Kiros – Kiros rad.
Havola :
Fikrlar