18 mar 09:23
Yangiliklar
Tennis
Indian-Uells. Federer 15 yoshga kichik raqibini engib, turnir finaliga chiqdi
SHveycariyalik tennis yulduzi Rojer Federer AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilayotgan “Masters” turnirining finaliga yo'l oldi.
Sovrin jamg'armasi 8 909 960 dollarni tashkil qiluvchi turnirning 2 soatu 20 daqiqa davom etgan chorak final bahsida dunyoning birinchi raketkasi bo'lgan Rojer xorvatiyalik Borna CHorichni 5:7, 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Xorvatiyalik 21 yoshli CHorich dunyo reytingida 49-o'rinni egallab turibdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi, albatta Federer foydasiga.
Havola :
Fikrlar