19 mar 09:12
Yangiliklar
Tennis

Indian-Uells (WTA). Osaka faoliyatidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi
AQSHning Indian-Uells shahrida o'tkazilgan nufuzli tennis turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 8 648 508 dollarni tashkil qilgan BNP Paribas Open musobaqasining yakkalik bahslari hal qiluvchi final uchrashuvida yaponiyalik Naomi Osaka dunyoning 19-raketkasi bo'lgan rossiyalik Darya Kasatkinaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Kunchiqar yurt vakilasi 20 yoshli Kasatkinadan 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Bu uning faoliyatidagi ilk sovrin bo'ldi. Indian-Uellsdagi muvaffaqiyatli ishtirok Osakaga 1,340,860 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar