So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

07 avg 17:50
Yangiliklar

Tennis

Intervyu. Denis Istomin Federer, Osiyo o'yinlari va boshqalar haqida

Teglar :  IstominTennis
Indoneziyadagi XVIII Osiyo o'yinlariga oz fursat qolmoqda.

Milliy olimpiya qo'mitasining Matbuot va Media departamenti ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbat uyushtirishda davom etadi. SHu kungacha bir qator etakchi sportchilarimiz savollarimizga javob qaytarishdi. Bugun o'zbek tennisi yulduzi Denis Istomin mehmonimiz bo'ladi.

To'rt yoshimdayoq qo'limda raketka ushlardim

Onam sababli tennis o'ynashni boshlaganman. Ular mening birinchi murabbiyim hisoblanadilar. To'rt yoshimdayoq qo'limga tennis raketkasini ushlab, sportning ushbu turiga mehr qo'yganman. SHu tariqa professional tennischiga aylandim.

Ovqatlanish haqida

Ovqatlanish tartibim oddiy. O'zimdan ovqatlarni qizg'anib o'tirmayman. O'yinlar oldidan tabiiy mahsulotlardan tayyorlagan engil taomlar eyishga harakat qilaman. Picca va boshqa fast-fudlarini imkon qadar istemol qilmaslikka urinaman.


Federer haqida

Kumirlar haqida gapiradigan bo'lsak, Rojer Federerni qayd etib o'tgan bo'lardim. Uning kortda va kort tashqarisidagi harakatlari menda iliq taassurot qoldiradi. Federerning sportdagi faoliyati nihoyatda yorqin. SHuningdek, yoshiga qaramay o'zini yaxshi sport formasida ushlab turadi va muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

Mag'lubiyatlardan qo'rqmaslik lozim

Buning uchun birinchi navbatda o'z maqsading sari to'xtamasdan intilish lozim. Mag'lubiyatlardan qo'rqmay, g'alabaga butun vujuding bilan harakat qilish kerak.

Osiyo o'yinlarida tajribaga ishonadi

Faoliyatimni Osiyo o'yinlari chempioni sifatida yakunlashni istardim. Bu oson bo'lmasligini juda yaxshi bilaman. Ahir, yosh, jismonan baquvvat va texnik tomonlama kuchli tennischilar etarli. O'zim haqimda gapiradigan bo'lsam, o'yinlar davomida tajribamga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing