So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

25 apr 18:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Intervyu. "Qirg'iz, qozoq, mo'g'ul emas. Men o'zbekning Alpomishiman!"

Bir necha kun avval, Amerikada faoliyat yuritayotgan Murodbek CHoriev haqida xabar berib, uning ijrosidagi jangni etiboringizga xavola etish barobarida, intervyuni keyinga qoldirgandik.

Biz Murodbek bilan aloqaga chiqib, suxbat qurishga muvaffaq bo'ldik. Quyida ushbu suxbatni etiboringizga xavola etamiz.
- Murodbek sizga quyoshli O'zbekistondan salomlar!
- Barcha-barcha vatandoshlarimga Assalomu alaykum deb qolaman! Juda sog'indim O'zbekistonni.

-Siz haqingizda bergan malumotlarimizdan keyin juda ko'p yurtdoshlarimiz intervyu olishimizni xohlashdi. Bu darajada etiborni tortaman deb o'ylaganmidingiz?
-Ochig'i kutmagan edim. "Youtube"da yozilgan fikrlarni o'qib boshim osmonga etdi. Xayrioh bo'lgan barcha yurtdoshlarimga rahmat aytib qolaman. Bu menga yanada kuch-quvvat bag'ishladi. O'ylaymanki, bu erda millatimiz, yurtimiz shanini munosib himoya qilaman.

-Avvalgi xabarimizda bazi malumotlar xato ketib qolganini "Facebook"dagi shaxsiy profilimga yozgan ekansiz. Keling shunga oydinlik kiritaylik?
-Bilasizmi, MMA da 7 ta jang o'tkazgan emasman. Aslida debyut qildim. Undan avvalgi janglarim yakkakurashni boshqa turlaridan edi. Keyin, "Youtube"da Fyodor Emelyanenkoning shogirdi sarlavxasi ostida berilibdi. To'g'ri bu sizning xatoingiz emas. SHunday bo'lsada, aytib o'tishni lozim topdim. To'g'ri, Fyodor Emelyanenko bilan uchrashganman, yaxshi fikrlar bildirgan. Ammo, uning shogirdi emasman. “Qora bo'ri” ham emasman. Mening Murodbek qatori, tug'ilganimdayoq peshonamga bitilgan ismim bor. Hamma Alpomish deb ataydi. Buning o'ziga yarasha tarixi bor, birinchidan, o'z o'rnida aytib qo'yay: "Men o'zbekman vatandoshlar!". Ushbu qardosh xalqlarimizga hurmatimni saqlagan holda aytishim mumkinki, internet tarmoqlarida qirg'iz, qozoq, mo'g'ul ham deyishdi. Aslida, huddi Alpomish kabi “Qo'ng'irot” urug'idanman. Ikkinchidan, tug'ilganimda bobom ismimni shunday qo'yilishini istagan. Murodbek deb qo'yilgani bilan doim Alpomish deb atab kelishgan.  Ochig'i, huddi Fyodor Emelyanenko orqali o'zimni tanitib olishni istagandek bo'lib qoldim. Aslida, mexnatim orqali xalqni etiborini qozonmoqchiman. SHunchaki haqiqiy Alpomish ekanligimni isbotlamoqchiman halos! Qolaversa, xali o'z ustimda juda ko'p ishlashim kerak. Endigina MMA da debyut qildim. Nufuzli promoushenlar bilan shartnoma tuzib, ko'plab janglar o'tkazishim kerak. Lekin, o'zimga ishonaman. Nasib qilsa, MMA olamida o'z so'zimni ayta olaman!


-Amerika Qo'shma SHtatlarida necha yildan beri faoliyat olib borasiz? Umuman qanday borib qolgansiz?
-Bu erga oilam bilan 8 yoshimda kelganman. SHundan beri, shu erda istiqomat qilamiz. Vatanimizni mana 12 yildirki ko'rganim yo'q!

-Exxe, unda bolalik xotiralari ham yoddan ko'tarilgan bo'lsa kerak?
-Yo'q aslo, Qashqadaryo viloyatining SHahrisabz shahrida tavallud topganman. SHahrisabzni juda yaxshi eslayman. Toshkentni bilaman. CHunki, u erda ham malum bir vaqt yashaganmiz. Ayniqsa SHahrisabzdagi “Oqsaroy” hamon yodimda. Umuman barchasini eslayman.

-Milliy taomlarimiznichi?
-Ox ox ox. Bu erda ham uyda doimo milliy taomlarimizni istemol qilamiz. Lekin, bolalikdagi, o'zimizning yurtni havosi, suvidan to'yingan taomlarni mazasini hozirga qadar eslayman! Ayniqsa, “Tandir kabob”, “Palov”, “Manti”... To'g'risi ishtaxam ochilib ketdi.

-Janglaringizni ko'rib, kuchli tomoningiz “parter” emasligiga ishonch hosil qilgandekmiz?
-Bilasizmi, aslida eng kuchli tomonim “parter” hisoblanadi. CHunki, asosan erkin kurash va yunon – rum kurashi bilan shug'ullanganman. Bilaman bunday fikrga kelishingizga janglarimda asosan oyoq va qo'l zarbalarim evaziga g'alaba qozonganim sabab bo'lgan.

-Murabbiyingiz haqida ham malumot berib o'tsangiz?
-Stiven Mann hamda Jessi Finney qo'l ostida mashg'ulotlar olib boraman. MMA yo'nalishida Jessi Finney ustozlik qiladi. Juda tajribali murabbiylar. Jahon chempionlarini tarbiya qilgan.

-O'zbekistonga yaqin orada kelish niyatingiz bormi?
-Albatta, shu yil borish istagidaman!

-MMA borasidagi jangni qaysi yo'nalishda o'tkazdingiz?
-Bu erda MMAga juda qiziqish kuchli. Kichik tashkilotlar juda ko'p. Garchi kichik bo'lsada, dunyoning turli burchaklaridan jangchilar keladi. Ushbu kichik-kichik yo'nalishlar, “Bellator”, “UFC”ga tramplin vazifasini o'tab beradi. O'zim bilan birga shug'ullangan juda ko'pchilik hozirda “Bellator”da faoliyat  yuritishmoqda. Men “SHAMROCK” yo'nalishidagi janglarda ishtirok etaman. Bu yo'nalishning bu erda reytingi ancha yuqori sanaladi. Hali yoshman, endi 20 ga kirdim. Yana ikki-uch yil tajriba to'plab nufuzli yo'nalishlarga o'taman.


-Keyingi jangingiz borasida nima deya olasiz?
-Bu borada ishlar olib borilmoqda. Nasib bo'lsa, aniq bo'lishi bilan xabar beraman.

-MMA dagi debyut jangingizda g'alaba qozondingiz. Umuman raqibingiz borasida qanday malumot bera olasiz?
-To'g'risi hozir u haqida ijobiy fikrlarni bildirsam, o'zimni ham maqtagandek bo'lib qolaman. SHunchaki bitta fikrni ayta olaman. U mazkur yo'nalishdagi eng tajribali jangchilardan biri edi!

-Jangga Hosila Rahimova qo'shig'i ostida chiqib keldingiz. Doimo, mazkur xonanda ijrosidagi qo'shiqlar orqali chiqib kelishni niyat qilganmisiz?
-To'g'risi, Xosila opani ijodi juda yoqadi. Endi doimo, deb ayta olmayman. Lekin, har doim o'zbek musiqasi orqali chiqib kelaman. Yurtimiz, millatimizning urf-odatlarini tarannum etuvchi ashulalar tashrif qog'ozim bo'ladi.


-AQSH da bir qator hamyurtlarimiz professional boks, MMA yo'nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Ularning janglarini kuzatib borayapsizmi yoki tanishib olishga ulgurdingizmi?
-Barchasini janglarini kuzatib boraman. Fahrlanaman, do'stlarimga tavsiya qilaman. Hozirda, atrofimdagi barcha do'stlarim bu erdagi o'zbek sportchilarining faoliyatiga befarq emaslar! Maxmud Muradovning ”Bellator” bilan shartnoma tuzishi bu juda katta voqeylik. Bu darajaga chiqish oson emas. Bokschilarimiz, SHohjahon Ergashev, Fazliddin G'oibnazarov, mana bir necha kun oldin SHahram G'iyosov, Murodjon Ahmadalievlarni jangini ko'rdim. Juda kuchli sportchilar. Ularga har doim omad yor bo'lishini tilab qolaman. Albatta barchasi bilan tanishib, yaqin munosabatlarni yo'lga qo'yaman. Ulardan o'rganadigan narsalarim ko'p xali!

-Sizga muxlis bo'lib ulgurgan vatandoshlaringizga tilaklaringiz?
-Barchasiga sog'lik tilayman. Oilaviy hotirjamlik, baht va omad yor bo'lsin! Faoliyatimni kuzatib boring, albatta ishonchinglarni oqlayman!

Muxammad Ziyo suxbatlashdi


Hamyurtimiz ishtirokidagi jangni tomosha qiling


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing