27 sen 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Rasman! Mahmud Muradov yangi yil oldidan chempionlik jangi o'tkazadi
O'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Mahmud Muradovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 29 dekabr kuni CHexiya poytaxti Pragada joylashgan O2 Arena majmuasida tashkil etiladigan Oktagon 100 turnirida ishtirok etadi.
Mahmudga o'sha kuni o'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Kshishtof Yotko raqiblik qiladi. Jang chempionlik kamari uchun kechadi.
Muradov hozirda ushbu vazn toifasida Interim, yani vaqtinchalik chempionlik kamariga egalik qiladi.
Malumot uchun, Kshishtof Yotko faoliyati davomida 36 ta jang o'tkazib, 30 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etgan. Hamyurtimiz Mahmud Muradov hisobida esa 30 ta g'alaba hamda 8 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar